Behzod @kundalik ?

active 5 months, 3 weeks ago
  • Behzod commented on the blog post Photoshopga kirish: Qurollar paneli (Tools panel)   3 months, 2 weeks ago · View

    Ajoyib. Ayniqsa o’zbekchalashtirganingiz. Qurollarning aniq o’zbekcha atamasini topish haqida yanada yaxshiroq ishlash kerak. Shunda yanayam professional bo’ladi.

  • Behzod commented on the blog post Kuy dilga ko’chganda

    Musiqa haqida berilib so’z aytadigan odam, ayniqsa Alloh nomini bot-bot yoda oladigan birisi bo’lsa, musiqaning shar’iy hukmlarini bir o’rganib chiqsa, xayrli bo’lardi, inshaalloh.

      5 months, 4 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: BOG’CHAGA BORGAN BIRINCHI KUNIM…


    Bog’chaga birinchi borgan kunim haligacha esimda. To’rt yoshimda bog’chaga borganimni hisobga olsam, 1984-yillar… O’shanda dadam va onam meni va bir yosh katta akam Sherzodni bog’chaga bermoqchi edilar. Lekin borganimizda, yo joy kammidi, yoki bir oiladan faqat bitta odam olisharmidi, ishqilib, ikkalamizdan faqat bittamizni [...]

      8 months ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: BOG’CHADA HAM KITOB O’QIYMANMI?

    Men yoshligimdan o’qishga mehr qo’ygan ekanman. To’rt yoshimda men va bir yosh katta akam bog’chaga boradigan bo’ldik. Uch yosh katta akam esa maktabning 1-sinfiga borayotgan edi. Men maktabda o’qish-yozishni o’rgatishlarini bilardim. Shuning uchun onamdan, bog’chada ham o’qishni o’rgatishadimi, deb so’raganim esimda. Onam yo’q, deb javob berganlarida xafa bo’lib ketgandim.
    Akamlar maktabga qatnab, o’qish-yozishni o’rganishib [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod commented on the blog post Xalqaro Ta’lim Festivali – 18-noyabr, Toshkent Xalqaro maktabida.

    Men ikki yillik dastur bilan keldim.
    The University of North Carolina at Chapel Hill.

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod commented on the blog post Hayot qisqa: 19 yillik umr xotimasi

    Ajoyib narsa bo’libdi. Yozish uslubingiz yaxshi ekan. Ko’p yildan beri AQSHda yashayotgan bo’lsangiz ham, ona tiilngizni unutmabsiz, baraka toping.
    Hali yosh ekansiz. Shu vaqtgacha qiziqishlaringiz orqasidan erishgan muvaffaqiyatlaringizni, ushbu gaplarni yozib o’tirgan Behzod akangiz 25ga kirib, hali qilgan emas. Musulmonchilik asta sekin. Birdaniga hamma narsaga erishish qiyin. Siz o’qishingizni davom ettiring. Biznes bilan kompyuter sohasini [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod commented on the blog post Xalqaro Ta’lim Festivali – 18-noyabr, Toshkent Xalqaro maktabida.

    “Muskie” dasturi bo’yicha AQSHda o’qiyotgan o’zbekistonlik talabalarning suratlarini ko’rsatishadi. AQSHda tushgan rasmlarimiz.

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: O’LIM ORZUSI

    (Hikoya)
    Lorens BLOK
    Muallif haqida:
    Lorens Blok 1938-yili AQSHning Nyu-York shahrida tug’ilgan. Amerika yozuvchilarining Edgar mukofoti hamda boshqa ko’plab adabiy sovrinlar sohibi. Kriminal mavzudagi romanlari bilan mashhur. Sobiq politsiyachi Met Skadder hayotidan hikoya qiluvchi romanining Jef Bridjes ijrosidagi „O’limga eltuvchi yetti [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod commented on the blog post Xalqaro Ta’lim Festivali – 18-noyabr, Toshkent Xalqaro maktabida.

    U yerda bizning suratlarni korib qolishingiz ehtimoli bor. AQSH elchixonasining ko’rgazmasiga diqqat qiling. :)

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: TURKISTON FAXRI

    Alihan_ToreHayotda shunday insonlar bo’lar ekanki, ular tirikliklarida yoqib ketgan ma’rifat mash’allari zamonlar o’tishi bilan tobora yorqinroq alangalanadi. Darhaqiqat, Muhammad alayhissalom so’zlari bilan qayd etilganidek, “insonlarning yaxshilari farishtalardan ham a’lo”. Ba’zi buyuk insonlar xalq orasida hokisorlik bilan kamtarona yashab o’tib ketadilar. Ammo keyinchalik esa ularning naqadar aziz va qaytarilmas ekanliklari, [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: JAHON SAHNASIDA 2008-YIL: VOQEALAR VA TAHLILLAR

    wnextopener_0324

    Yangi tarix kitobining 2008-sahifasiga bitilgan satrlar ham o‘z poyoniga yetib qoldi. Hayot atalmish muallifning shafqatsiz, lekin odil qalami hech bir voqeani nazardan chetda qoldirgani yo‘q. Ayrim o‘rinlarda u quvonchu shodlik nomalarini bitgan bo‘lsa, ba’zan satrlarda siyoh emas, qon oqdi. 366 qatordan iborat sahifa shonli va qonli voqealarga boy. Syujet esa [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR

    Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoyinki, sil, silariya (o‘pka sili) va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh (jon azobi), bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi, yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgan va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote on the wire of the group Blogger.uz:

    Blogger.uz ga spamlar a'zo bo'lyapti, sezyapsizlarmi? Buni to'xtatishning iloji bormi? Hatto ular profilega xat jo'natishni boshlashdi.

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod joined the group Blogger.uz   8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: SO’Z ERKINLIGINING CHEKI BORMI?

    15:11. Bugun “PR Foundations” darsida kursdoshim Jo Vatikan hamda boshqa nasoro guruhlarining “Da Vinchi kodi” filmiga nisbatan ko’rsatgan munosabatlari etikaga qanchalik to’g’ri kelishi haqidagi yozma ishini himoya qildi. Gap men tashlagan savoldan so’ng so’z erkinligi huquqi ostida diniy e’tiqodlarni tahqirlash mavzusiga taqaldi.
    Guruhlarning filmga munosabati qanchalik etikaga to’g’ri kelishi mavzusini bahs etishdan oldin, avvalo, diniy e’tiqodni [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: ELCHIXONA ALLOHNI ESLATDI…

    Bugun muhim ishim bor. Peshindan so’ng elchixonaga kirishim kerak. Maqsadim — suhbatdan muvaffaqiyatli o’tib, xorijda magistraturani o’qish uchun grantni qo’lga kiritish.
    Shuning uchun erta sahar har kungidan boshqacha bo’lib uyg’ondim. Chiroyli tahorat olib, bomdod namozini xushu’-huzu’ bilan o’qidim. So’ng Allohga uzoq duo qildim. Bugungi ishimda madadkor bo’lishini, suhbatdan muvaffaqiyatli o’tib, o’qish uchun grant yutishimni hamda bu [...]

      8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod joined the group Oltin Vodiy   8 months, 2 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: CHEKISHDAN QUTILISH MUMKINMI?

    Mumkin emas deganlar o’qi(ma)sin!
    quit_smokingChekish sog‘liq uchun xavfli ekanini hamma biladi. Uning qon-tomir, o‘pka, yurak, rak kabi kasalliklarga olib borishi va alaloqibat chekuvchini halok qilishi ham ko‘pchilikka ma’lum. Shuning uchun kashandalar orasida chekishga o‘rganib qolganidan afsuslanadigan, ammo uni endi tark etolmay qiynalib yurganlar ko‘p.Ana shunday kishilarning istalgan biridan so‘rab ko‘ring, [...]

      8 months, 3 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: ZAYD SHAKIR: “QIYOMATNING ALOMATLARINI KUTMANG!”

    imam.zaid

    Bugun universitetimizga AQSHlik taniqli Islom olimi Zayd Shakir tashrif buyurdi. Mehmon bilan kechki soat 6:30 dan 8:30 gacha Talabalar Ittifoqi binosida suhbatda bo’ldik.
    Zayd Shakir Islomning G’arbdagi taniqli  ulamolaridan. Kaliforniyaning Berkeley shahrida tavallud topgan. 1977-yil AQSH Havo Kuchlarida harbiy xizmatda bo’lgan chog’ida Islom dinini qabul qilgan. [...]

      8 months, 3 weeks ago · View

  • Behzod wrote a new blog post: O’QUVCHILIK YILLARIM…

    1999Rishton tumani 1-iqtidorli bolalar litseyi yotoqxonasi, 1999-yil.

    Bugun dashtdagi makkani chopgani bordik. Akam velosipedda, men esa piyoda. Chunki tepaga ikki kishini tortmaydi. Dashtga maktabimiz oldidan o’tamiz. Meni hayajon qoplab olgan. Chunki bu yo’ldan roppa-rosa sakkiz yil qatnadim-da. Maktabga sakkiz yil shag’al yo’lda qatnadik. Faqat bu [...]

      8 months, 3 weeks ago · View

  • Load More